
Xavi: "Biz o‘z uslubimizdan voz kechmadik"
Ispaniya kubogi yarim finalidagi g‘alabadan keyin Xavi o‘z firklari bilan o‘rtoqlashdi. U o‘yin oldidan madridliklarni ushbu turnir favoriti deb aytgandi.
"Real" baribir favorit. Men fikrimni o‘zgartirmayman. Yagona gol bizga g‘alaba keltirdi, lekin ular hali hamon kuchli.
Biz uslubimizdan voz kechmadik. Raqib bizni shunday o‘ynashga majbur qildi. Ba’zida himoyalanishga to‘g‘ri keladi" - dedi ispaniyalik mutaxasis.
Uning hamkasbi "Barsa" haqida iliq fikrlar bildirmadi. Anchelotti Xavi shogirdlarini omadi kelib qolgani va ushbu g‘alabaga noloyiq ekanligini aytdi.
Fikrlar