
Xavi: Ba’zida men ham xato qilaman
Xavi "Barselona"ni PSJ bilan o‘yinda yo‘l qo‘yilgan xatolardan saboq olishi kerakligini aytdi.
"O‘tgan mavsum "Atletiko" yoki "Alaves"ga qarshi o‘yinlarda o‘n kishi bo‘lib himoyalanib, g‘alaba qozongan uchrashuvlarimiz bo‘ldi. Bu safar hammasi boshqacha tus oldi va bu meni xafa qildi.
Biz saboq olishimiz kerak. Kelgusi mavsumda Chempionlar ligasiga qaytamiz va imkon qadar yaxshi o‘yin ko‘rsatamiz", - dedi Kataloniya klubi ustozi.
Shuningdek, Xavi ikkinchi bo‘limda to‘siqning bir qismini tepgani va hakamni haqorat qilganini tan olib, quyidagi fikrni bildirdi: "Ba’zida men xato qilaman, qizil kartochka bilan ham shunday bo‘ldi".
Fikrlar