
Xavi “Bavariya” yulduzini kutyapti
“Barselona” rahbariyati “Bavariya” bilan o‘yinchi oldi-berdisini davom ettirishni rejalashtirmoqda.
2022 yili Myunxen klubining eng zo‘r to‘purari Robert Levandovskini qo‘lga kiritgan kataloniyaliklar endi tayanch zonani mustahkamlash uchun Yozua Kimmixni olib kelmoqchi.
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes tajribali yarim himoyachini shu yoz qo‘lga kiritish istagini bildirdi.
29 yoshli futbolchining texnik-taktik jihatdan ustunligi, jismoni ko‘rsatkichlari yuqoriligi va tajribasi kattaligi “Barsa” murabbiylar shtabining e’tiborini qozongan.
Kimmix “Bavariya”da 2015 yilning yozidan beri o‘ynamoqda. Myunxenliklar bu futbolchi uchun “Shtutgart”ga 8,5 million evro to‘lagan.
Yozuaning amaldagi shartnomasi yana bir yil davom etadi. Yarim himoyachi 60 million evroga baholanyapti.
Fikrlar