Xavi “Barsa”ning qishki transferlari haqida gapirdi

  • 6 yanvar, 2024, 12:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi ernandes qishki transferlar oynasi bo‘yicha klubdagi vaziyat haqida ma’lumot berdi.

Tecno

Ispaniyalik murabbiyning o‘zi klub rahbariyati yangi o‘yinchi olib kelishidan umidini uzgani yo‘q.

- Biz yanvarda birorta yangi ijrochini tarkibga qo‘shib olamizmi yoki yo‘q, men buni aniq bilmayman. Hamma narsa moliyaviy feyr-pleyga bog‘liq bo‘ladi.

Klub prezidenti Joan Laporta va sport direktori Deku bilan doimiy aloqadaman, - dedi Xavi Ernandes.

Kataloniyaliklar bir necha yildan beri inqirozdan chiqib keta olmayapti. Bu holat klubning transfer siyosatiga jiddiy ta’sir qilmoqda. Shu bois, “Barselona” keyingi yillarda aksariyat holatlar erkin agentga aylangan futbolchilarga e’tibor qaratishiga to‘g‘ri kelyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!