
Xavi “Barsa”ni kuchaytiradigan futbolchi nomini aytdi
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi kelasi mavsum oldidan maydon markazini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Ispaniyalik mutaxassis bu borada “Napoli” yarim himoyachisi Fabian Ruisga ishonch bildirishga tayyor.
Italiyaliklarning Ruis bilan shartnomasi kelasi mavsum oxirida yakunlanadi. Shunga qaramay, ular ispan futbolchisi uchun ancha katta narx – 60 million evro talab qilmoqda. Tabiiyki, kataloniyaliklar “Napoli”ning talabini pasaytirishga urinib ko‘radi.
26 yoshli yarim himoyachi “Betis” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Napoli” uni 2018 yili 30 million evro evaziga transfer qilgan.
Fabian Ruis bu mavsum barcha turnirlarda 37 ta o‘yin o‘tkazib, ettita gol va beshta assis muallifi bo‘ldi.
Fikrlar