Xavi “Barsa”ga yangi o‘yinchi tanladi
“Barselona” qishki transferlar davrida tarkibini kuchaytiradi. Iste’dodli futbolchi Gavi og‘ir jarohat olganidan keyin bosh murabbiy Xavi Ernandes uning o‘rnini to‘ldiradigan ijrochi olishni mo‘ljallayapti.
TodoFichajes nashrining ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar murabbiyi jamoaga yangi o‘yinchi tanlab bo‘ldi. Xavi tarkibda Tyago Alkantarani ko‘rmoqchi. Tajribali futbolchi o‘z davrida “Barselona”da Xavi bilan ham birga o‘ynagan.
Manbaga ko‘ra, sport direktori Deku ham, klub prezidenti Joan Laporta ham 32 yoshli futbolchining nomzodini ma’qullagan.
Hozir “Livepul” a’zosi hisoblangan Tago Alkantaraning amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Agar o‘yinchi yanvarda olinadigan bo‘lsa, kataloniyaliklar badal puli to‘laydi. Yarim himoyachining transferi 5-7 million evro atrofida baholanmoqda.



Fikrlar