Xavi "Barsa"dan mavsum boshida ketgan futbolchini ortga qaytarishni talab qildi

  • 10 noyabr, 2021, 16:07
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" bosh murabbiyligiga tayinlangan Xavi jamoani kuchaytirish yo‘llarini izlamoqda.

Tecno

"Mundo Deportivo" nashrining xabar berishicha, kataloniyaliklar ijaradagi yarim himoyachisi Fransisku Trinkauni ortga qaytarmoqchi. Buni shaxsan yangi murabbiy talab qilgan. 41 yoshli mutaxassisning fikricha, u "ko‘k-anorranglilar"ni kuchaytira oladi.

Portugaliyalik futbolchi yozda "Vulverxempton"ga keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga berilgandi. Iyun oyida yakuniga etadigan shartnomani "Barsa" yanvardayoq bekor qilishi mumkin. U holda, "bo‘rilar" ispan klubiga to‘langan 6 million evroni qaytarib oladi.

21 yoshli yarim himoyachi "Vulvs" tarkibida 9 uchrashuvda maydonga tushib, bir bor raqib darvozasini ishg‘ol etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!