Xavi: “Barsa”da faqat ikki futbolchining joyi kafolatlangan!

  • 13 yanvar, 2023, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes Kataloniyaga kelganidan beri tarkibni sayqallashga alohida e’tibor qaratmoqda. Buning natijasida jamoa yana jiddiy sovrinlar uchun kurashadigan holatga keldi.

Tecno

Shundan kelib chiqib, “Barselona” rahbariyati ikki hujumkor futbolchidan boshqa har qanday o‘yinchi bo‘yicha transfer takliflarini ko‘rib chiqishga tayyorligini ma’lum qildi.

Xavi Ernandes  klub mutasaddilariga Usmon Dembele va Robert Levandovskidan boshqa har qaysi futbolchi bo‘yicha muzokara o‘tkazishga ruxsat bergan.

“Barselona” o‘tgan yili yozda Usmon Dembelening shartnomasini 2024 yilning yarmigacha uzaytirdi. Shuningdek, “Bavariya”dan Robert Levandovskini olib kelib, 2026 yilnig yarmigacha bitim imzoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!