
Xavi APL klubida ish boshlashi mumkin
Ispaniyalik sobiq futbolchi va murabbiy Xavi Ernandes o‘tgan mavsum yakunida "Barselona" bosh murabbiyligidan ketganidan beri hozircha hech qaysi klubga ustozlik qilgani yo‘q.
"El Nacional" nashrining xabar berishicha, Xavining "Manchester Yunayted"ni boshqarishi ehtimoli tobora ortib bormoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, MYu jamoani noyabr oyida qabul qilgan Ruben Amorim bilan xayrlashish haqida o‘ylay boshlagan. Ta’kidlanishicha, Xavi "Old Trafford"da ishlashga rozi. Mutaxassis oldiga jamoani qayta shakllantirish sharti qo‘yilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, "Manchester Yunayted" hozirda murakkab davrni boshidan kechirmoqda. Jamop Angliya premer-ligasining turnir jadvalida 14-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar