
Xavi bu yoz "Barselona"ga qaytmaydi! Chunki...
Qatarning "Al-Sadd" klubi ispaniyalik mutaxassis Xavi bilan shartnomani uzaytirganini rasman e’lon qildi.
Klub rasmiy saytidagi xabarga ko‘ra, tomonlar o‘zaro 2023 yilgacha bo‘lgan kelishuvni imzolagan. Amaldagi shartnoma esa shu yoz o‘z nihoyasiga etar edi.
Xavi "Al-Sadd" 2019 yilning yozidan buyon boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa 6 ta sovrin qo‘lga kiritdi.
So‘nggi paytlarda ko‘plab nashrlar Xavini "Barselona"ga qaytishi haqida xabarlar tarqatayotgan edi. Biroq ushbu kelishuvdan so‘ng uning “Kamp Nou”ga bu yil qaytmasligi aniq bo‘lib ulgurdi.
Fikrlar