
Xaver Mendes Nurmagomedov Toni emas Getjiga qarshi jang qilishini xohlamoqda
UFC engil vazn chempioni Xabib Nurmagomedovning murabbiyi Xaver Mendes o‘z shogirdining qachon oktagonga qaytishi haqida o‘z fikrini bildirdi.
- Keyingi jangni avgust yoki sentyabr oyida o‘tkazishimiz mumkin. Agarda jang avgust oyida tashkil etilsa, ushbu shou San-Frantsiskoda bo‘lib o‘tadi, agarda uchrashuv manzili Abu-Dabi deb belgilansa biz sentyabrda oktagonga qaytamiz.
Xabibning keyingi raqibi kim bo‘lishi hali noma’lum. Biroq men unga qarshi Jastin Getji oktagonga ko‘tarilishini xohlardim. Buning sababi, uchrashuv bekor qilinmasligiga ishonchim komil bo‘lishidir.
Xabib - Fergyuson jangi besh marotaba bekor qilingan, bunaqasi hali bo‘lmagan, - deya Mendesning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda MMA Fighting nashri.
Fikrlar