
Xarri Keyn "Manchester Siti" bilan kelishuvga erishdi
"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn "Manchester Siti" bilan 5 yillik shartnoma borasida kelishib oldi. Bu haqda jurnalist-insayder Nikolo Skira o‘zining tvitterdagi sahifasida xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Keyn “Manchester Siti”ning transfer bozoridagi ustuvor maqsadi hisoblanadi. "Tottenxem" futbolchini saqlab qolmoqchi, ammo uning uchun 160-170 million evrolik taklif bo‘lsa, uni sotishga tayyor.
Avvalroq OAVda Xarri Keyn "Manchester Siti"ga o‘tish uchun "Tottenxem"ni boykot qilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Mashhur Transfermarkt portali 27 yoshli Keynni ayni damda 120 million evroga baholamoqda.
Keyn o‘tgan mavsum premer-ligada jami 35 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 23 ta gol hamda 14 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar