
Xarri Keyn Bekxemning natijasini takrorladi!
“Bavariya” hujumchisi Xarri Keyn “Bayer”ga qarshi uchrashuvda (2:0) o‘z hisobida gol yozdirib qo‘ygandan so‘ng Devid Bekxemning Chempionlar ligasidagi natijasini takrorladi.
Gap shundaki, Bekxem UEFA Chempionlar ligasida gol+assist tizimi bo‘yicha 50 ochkodan ko‘proq to‘plagan birinchi angliyalik futbolchi hisoblanar edi. Devid faoliyati davomida EChLda 107 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol va 38 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Keyn esa 55 ta bellashuvda ishtirok etib, 39 ta gol va 11 ta assistni o‘z hisobida yozdirib qo‘ygan. Shu orqali, 31 yoshli forvard gol+assist bo‘yicha 50 ochko to‘plagan ikkinchi angliyalik o‘yinchi bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida, Xarri “Bavariya” bilan EChLning chorak finaliga yo‘l oldi. Ular bu bosqichda Italiya A Seriyasining “Inter” klubi bilan kuch sinashdi.
Fikrlar