
Xamzat Chimaevning navbatdagi raqibi kim bo‘lishi mumkin?
UFC jangchisi Xamzat Chimaev kimga qarshi jang qilmoqchiligini aytdi.
"To‘g‘risi, Drikus Dyu Plessi va Shon Striklend o‘rtasidagi jang g‘olibi bilan to‘qnash kelishni istayman. UFC ham menga buni va’da qildi. Jang sanasi esa Ramazondan keyin - may yoki iyun oyiga rejalashtirilmoqda. Shundan so‘ng, kamarni qo‘lga kiritib, oktyabrda uni himoya qilmoqchiman" - dedi chechenistonlik sportchi.
Eslatib o‘tamiz, Chimaev oxirgi jangida Robert Uittakerni 1-raunddayoq sabmishn evaziga mag‘lub etgdi.
Fikrlar