
Xamzat Chimaevning Dyu Plessiga qarshi jangda imkoniyatlari qanday? Taniqli promouter javob berdi
Rossiyalik taniqli promouter Komil Gadjiev Xamzat Chimaev(14-0)ning amaldagi UFC chempioni Drikus dyu Plessi (23-2) bilan jangdagi imkoniyatlarini baholadi.
“Menimcha, Xamzat dyu Plessining g‘alabali seriyasiga yakun yasaydi. Dastlabki ikki raundda Chimaev istalgan raqibni qiynay oladi, biroq bahs taqdiri keyingi raundlarga qolsa, vaziyat o‘zgarib ketishi mumkin. Shu bois bu to‘qnashuvni ko‘rish men uchun juda qiziq" - dedi Gadjiev o‘zining You Tube kanalida.
Eslatib o‘tamiz, Chimaev so‘nggi jangida Robert Uittakerni birinchi raunddayoq mag‘lub etgandi.
Fikrlar