Xamzat Chimaevni kim to‘xtata oladi? Robert Uittaker javob berdi
Avstraliyalik Robert Uittaker o‘rta vaznda amaldagi chempion Xamzat Chimaevni enga oladigan jangchi nomini aytdi.
"Hozirga qadar chechen uchun eng qiyin raqib Gilbert Byorns bo‘ldi, chunki Xamzat jiu-jitsu ustasi bilan kurashishga qiynaldi. O‘ylashimcha, Rene de Ridderda Chimaevga qarshi bahsda g‘alaba qozonish uchun yaxshi imkoniyat ega. Golland greppling bilan shug‘ullanadi, bo‘yi baland, jiu-jitsudan ham anchagina xabari bor”, - dedi Uittaker o‘zining You Tube kanalida.
Eslatib o‘tamiz, Xamzat Chimaevning professional MMA dagi rekordi 15-0.



Fikrlar