Xamzat Chimaev qachon chempion bo‘ladi?
UFC prezidenti Dana Uayt aralash yakkakurash bo‘yicha chechenistonlik Xamzat Chimaev qachon chempionlik jangini o‘tkazishi mumkinligini aytdi.
“Men Xamzat Chimaevning 2025 yilda chempion bo‘lishini taxmin qilyapman. Keling, hamma narsa qanday bo‘lishini ko‘rib chiqaylik. Men uning Qo‘shma Shtatlarda jang qilishini istayman", - deb Uaytning so‘zlarini keltirdi "Low Kick MMA".
Eslatib o‘tamiz, 26 oktyabr kuni "UFC 308" turnirida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida Chimaev o‘rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni avstraliyalik Robert Uittakerni mag‘lub etgandi.



Fikrlar