
Xamzat Chimaev nega o‘zbekistonlik sportchini tanladi
O‘zbekistonlik grepplingchi Ulug‘bek Rahmonov ayni vaqtda Dubay shahrida Hamzat Chimaevning Robert Uittakerga qarshi jangiga hozirlik ko‘rishda yordam bermoqda.
Biz ushbu jarayon qanday sodir bo‘lganligi va Chimaev yurtdoshimizni tanlaganiga nima sabab bo‘lganligi borasida murabbiy Husan Majlimovni fikrlariga qiziqdik.
- Xa, Hamzat tayyorgarlik lagerida Ulug‘bek bo‘lishini xohladi. Aslida, Ulug‘bek Hotam Boynazarovning jangiga tayyorgarlik ko‘rishda yordam berish uchun kelgandi. Uning harakatlari Hamzatga yoqib qoldi va u birgalikda mashg‘ulotlar o‘tashini bildirdi. Bilasiz, Ulug‘bek Rahmonov O‘zbekistonning eng kuchli grepplingchilaridan biri hisoblanadi. Uning salohiyati Hamzatga ham maqul keldi.
Ma’lumot uchun, Ulug‘bek Rahmonov greppling bo‘yicha jahon chempioni va Butunjahon jangovar o‘yinlari g‘olibi sanaladi.
Fikrlar