Xames ortidan "Real"ning yana bir sobiq futbolchisi Anchelotti klubiga o‘tishi mumkin

  • 15 dekabr, 2020, 11:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" yarim himoyachisi Sami Xedira faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda Daily Mirror.

Tecno

33 yoshli germaniyalik futbolchi "Everton" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bilan bo‘lajak transfer masalalarini muhokama qilib oldi. Italiyalik mutaxassis "Real"da bir necha mavsum birga ishlagan xavbekni o‘zining oldiga chaqirmoqda.

Joriy mavsumda Xedira turinliklar safida maydonga tushgani yo‘q. Uning klub bilan shartnomasi 2021 yil yozida yakuniga etadi.

Transfermarkt.com portali futbolchining transferini 4 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!