
Xalqaro chempionlar kubogi. Felishning goli "Atletiko"ga "Yuventus" ustidan g‘alaba keltirdi
Kecha Xalqaro Chempionlar kubogi tijoriy turniri doirasida “Atletiko” va “Yuventus” klublari o‘zaro bahs olib borishdi.
Qiziqarli kechgan uchrashuv 2:1 hisobida “matraschilar”ning g‘alabasi bilan yakunlandi.
"Atletiko" - "Yuventus" 2:1
Gollar: Lemar, 24 - 1:0, Xedira, 29 - 1:1, Joau Felish, 33 - 2:1
"Atletiko": Oblak, Ximenes (Korrea, 56), Tripper (Ermoso, 56), Savich (Errera, 57), Lodi (Sanches, 66), Koke (Felipe, 57), Lemar (Vitolo, 67), Saul (Rodrigo Rikelme, 66), Lorente (Tomas, 46), Joau Felish (Aryas, 56), Morata (Diego Kosta, 56; Shaponich, 90).
"Yuventus": Shchensny (Buffon, 59), Kellini (Bonuchchi, 46), Aleks Sandro (Kuadrado, 59), De Shilo (Danilo, 71), de Ligt (Demiral, 71), Xedira (Matyuidi, 60), Rabo (Djan, 71), Pyanich (Bentankur, 60), Duglas Kosta (Bernardeski, 60), Iguain (Dibala, 60), Ronaldu (Mandjukich, 71).
Ogohlantirishlar: Vitolo (69), Korrea (83).
Fikrlar