
Xalil Rauntri: "O‘sha bahsda orzularim ushalayotganini, to‘g‘ri yo‘lda ketayotganimni his qildim"
Yarim og‘ir vazn toifasida UFC sobiq chempioni Xalil Rauntri ushbu vaznda amaldagi chempion Aleks Perreyradan uchralgan mag‘lubiyatni esladi.
“Yodimda, bahsning har bir soniyasi, hatto Aleks meni yiqitganda ham xursand edim. Orzularim ushalayotganini, to‘g‘ri yo‘lda ketayotganimni his qildim. Mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsam ham kelajakda yana chempion bo‘lishni xohlayman va bu maqsadimga erishish uchun bor kuchimni sarflayman” — dedi Xalil.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil oktyabr oyida Perreyra to‘rtinchi raundda Rauntrini texnik nokaut bilan engandi.
Fikrlar