Xabib Umar Nurmagomedov Merab Dvalishvilidan engilgach, nimalar degandi?
Xabaringiz bor, rossiyalik UFC jangchisi Umar Nurmagomedov "UFC 311" turnirida gruziyalik Merab Dvalishvilidan engilgan edi.
Bugun Umar sobiq chempion Xabib Nurmagomedov o‘sha jangdan so‘ng unga nimalar deganini aytib o‘tdi.
“Xabib har bir sportchiga o‘ziga yarasha yondashadi, har kimga alohida so‘z topadi. O‘sha kuni u yonimga keldi va shunchaki: "Biz albatta qaytamiz, faqat keyingi safar yanada kuchliroq bo‘lib! - deya takidladi. Ochig‘i, unga doim qo‘llab-quvvatlagani uchun rahmat. Men ham endi o‘z ustimda ko‘proq ishlayapman. Tez orada yangi Umarni ko‘rasiz”, - dedi rossiyalik 29 yoshli sportchi.
Eslatib o‘tamiz, 25 oktyabr kuni "UFC 321" turnirida Umar Nurmagomedov amerikalik Mario Bautistaga qarshi oktagonga ko‘tariladi.



Fikrlar