Xabib ukasiga yordam beradimi?
UFC’da engil vazn toifasida (61 kg gacha) jang qilayotgan rossiyalik engilmas jangchi Umar Nurmagomedov ushbu vazn toifasida sobiq chempion va UFC shon-shuhrat zali a’zosi hisoblangan akasi Xabib Nurmagomedov amerikalik taniqli jangchi Kori Sendhagen bilan jangda uning burchagi bo‘lishini tasdiqladi. Umar bu haqda MMAJunkie nashriga bergan intervyusida aytdi.
Eslatib o‘tamiz, Kori Sendxagen va Umar Nurmagomedov 2023 yil avgustida jang o‘tkazishi kerak edi. Keyin jang rossiyalikning elkasidan olgan jarohati tufayli bekor qilingan edi.
Umar Nurmagomedov aralash yakkakurashlar bo‘yicha faoliyati davomida jami 17 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan (ikkita g‘alaba nokaut bilan qo‘lga kiritilgan). Sendhagen esa MMAda 17 ta g‘alaba (etti nokaut bilan) va to‘rtta mag‘lubiyat qayd etgan.



Fikrlar