
Xabib Poreni qanday taslim etdi? (video)
UFC 242 kechasining eng asosiy jangi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, Xabib Nurmagomedov va Dastin Pore o‘zaro jang olib borishdi.
Uchrashuv rossiyalik sportchining yaqqol ustunligida o‘tdi. Birinchi va ikkinchi raundlarda Nurmagomedov raqibini mag‘lub etish imkoniyatiga ega bo‘ldi, ammo vaqtinchalik chempion Pore vaziyatdan chiqib ketishni uddasidan chiqa oldi. Uchinchi raundga kelib, Xabib Nurmagomedov texnik nokaut evaziga Dastin Poreni mag‘lub qildi.
Shunday qilib, Nurmagomedov ikkinchi bor chempionlikni muvaffaqiyatli himoya qila oldi va o‘zining 28-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Quyida ushbu jangni yana bir bor tomosha qilishingiz mumkin:
Pore esa chempionlik kamarini yo‘qotdi. U ketma-ket 5 ta jangdan beri mag‘lubiyatga uchramayotgan edi va 2016 yildan buyon ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
Fikrlar