
Xabib Nurmagomedov Rossiyani tark etishi kerak
30 mart kunidan boshlab, Rossiyada koronavirus pandemiyasi tufayli avtomobil, temir yo‘l, piyodalar, daryo va aralash nazorat punktlari orqali harakatlanish vaqtincha to‘xtatiladi.
Tegishli qaror Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan qabul qilindi. 27 martdan boshlab barcha xalqaro reyslar taqiqlangan.
Bu shuni anglatadiki, engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Toni Fergyusonga qarshi jang bo‘lib o‘tishi uchun bugun mamlakatni tark etishi shart.
Xabib - Fergyuson to‘qnashuvi 18 aprel kuni bo‘lib o‘tishi kerak. Jang qaerda bo‘lib o‘tishi hali e’lon qilinmadi.
Fikrlar