Xabib Nurmagomedov instagram orqali qancha daromad topganini bilasizmi?

CHERY AUTO

Forbes instagram dagi reklama shartnomalari bo‘yicha eng ko‘p daromad topgan rossiyaliklar reytingini e’lon qildi.

Tecno

UFC engil vazn toifasidagi chempion Xabib Nurmagomedov reytingda ettinchi o‘rinni aktrisa Anna Xilkevich bilan bo‘lishdi. Ikkalasining daromadi 570 ming dollarni tashkil qildi.

Jangchi reytingda prodyuser Yana Rudkovskaya (560 ming) va bloger Viktoriya Bonyuni (410 ming) ortda qoldirdi.

Reytingda birinchi o‘rinni teleboshlovchi Kseniya Sobchak egalladi. Uning yillik daromadi 1,6 million dollarni tashkil etadi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar  Regina Todorenko va Olga Buzovaga (har biri 860 ming) tegishli bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!