Xabib Nurmagomedov Floyd Meyvezer bilan jang haqidagi shov-shuvga oydinlik kiritdi

  • 13 dekabr, 2019, 17:43
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC ning engil vazn toifasidagi chempioni Xabib Nurmagomedov boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer bilan mumkin bo‘lgan jang haqidagi savolga javob berdi.

Tecno

“Men aprel oyida jang o‘tkazish uchun shartnoma imzolaganman. Hozirda, boks haqida ham, Meyvezer haqida ham o‘ylamayapman. Oldinda juda jiddiy raqib kutib turibdi. Men ushbu sinovdan o‘tib olishim kerak. Keyin bu haqida o‘ylab ko‘raman

Boks uning sport turi bo‘lib, u butun umri davomida shu bilan shug‘ullanib kelgan. Floyd ushbu yo‘nalishdagi eng yaxshi natija  - 50 ta jang, 50 ta g‘alabaga ega. Men nima deyishim mumkin, Meyvezer zamonamizning eng buyuk bokschilaridan biri. U bilan bu borada bellashish juda qiyin bo‘ladi ”,-dedi Xabib.

Ma’lumot uchun, 18 aprel kuni Nurmagomedov Nyu-Yorkdagi UFC  turniri doirasida Toni Fergyuson bilan navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!