Xabib Nurmagomedov - Toni Fergyuson jangi o‘tkazilishiga umid bor - Davron Fayziev

  • 4 aprel, 2020, 17:20
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

18 aprel kuni UFC chempioni Xabib Nurmagomedov amerikalik Toni Fergyusonga qarshi jang o‘tkazishi belgilangandi. Biroq Xabib jang koronavirus tarqalishi sababli bo‘lib o‘tmasligini aytdi va 31 yoshli sportchi AQShdan Rossiyaga qaytib ketdi.

Tecno

Mazkur sportchilar o‘rtasidagi jang 5-marotaba o‘tkazilmay qoladiganga o‘xshaydi. Har holda Xabib jangga bir necha kun qolganda yurtiga qaytdi.

Ko‘pchilik mutaxassislar va muxlislar jang yana bekor bo‘ldi deb hisoblamoqda. Biroq taniqli sharhlovchi Davron Fayziev biroz boshqacharoq fikrda.

Toni Fergyuson - Xabib Nurmagomedov jangi beshinchi bor bekor qilinmoqda. UFC buni hali e’lon qilmadi. Lekin Xabib instagramda jang qoldirilishi unga bog‘liq bo‘lmagan sabablar tufayli ro‘y berayotganini yozdi. Bu esa Xabib - Toni qarama-qarshiligi yana o‘tkazilmasligining ehtimoli 99 foizga teng degani. 100 foiz emas. O‘sha qolgan 1 foizi va eng so‘nggi umid UFC bu haqda indamayotgani bilan bog‘liq.

Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson jangi bo‘lmaydi?

Dena

Xabibning o‘rnini MakGregor egallaydi

Yana bir insayd aylanib yuripti janglar olamida. Go‘yoki Xabibning o‘rniga o‘sha kuni oktagonga Konor MakGregor chiqarmish. Toni uchun yomon variant emas. Jangsiz va gonorarsiz qolishdan ko‘ra yaxshi. Bu holatda ular vaqtinchalik titul uchun jang qilishadi. Nurmagomedov asosiy chempion bo‘lib qolaveradi.

UFC tilga kirsa, o‘zi aytib beradi. Ana o‘sha ma’lumot rasmiy bo‘ladi, - dedi Davron Fayziev telegramdagi o‘zining sahifasida.

Xabib Nurmagomedov qo‘rqdimi yoki qarori to‘g‘ri edimi? (Mutaxassislar fikri)

Xabib Nurmagomedovning qarori to‘g‘ri edimi? (Mutaxassislar fikri, 2-qism)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!