Xabi Alonso sharmandali mag‘lubiyatga qanday munosabat bildirdi?

  • 8 dekabr, 08:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” jamoasi Ispaniya chempionatining 16-turida o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida La Liganing o‘rtamiyona klublaridan hisoblangan “Selta”ga 0:2 hisobida yutqazib qo‘ydi.

Tecno

Uchrashuv qahramoni zaxiradan o‘yinga qo‘shilib ikkita gol urgan Villiot Svedberg bo‘ldi. “Real” o‘yinchilaridan uch nafari – Fran Garsiya, Alvaro Karreres va Endrik (zaxira o‘rindig‘ida) qizil kartochka oldi.

Mag‘lubiyatdan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Xabi Alonso o‘z fikrlarini bildirdi.

- Bu bahsda umuman boshqa natijani kutgandik va bundan g‘azabdamiz. Eder Militaoning jarohat olgani vaziyatni murakkablashtirib yubordi. Bizga ko‘p jihatlarda intensivlik etishmadi.

Endi bularning barchasini tezroq unutib, oldinga intilish kerak. Bugun uch ochko yo‘qotdik, lekin oldinda hali o‘yinlar ko‘p, - dedi Xabi Alonso.

Bu mag‘lubiyatdan keyin “Real” chempionlik kurashida ashaddiy raqib – “Barselona”dan endi jami to‘rt ochkoga ortda qolmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!