
Xabi Alonso "Real"dan ikkita himoyachi sotib olishni so‘radi
Ushbu mavsum so‘ngida "Bayer" ni tark etib, "Real Madrid" boshqaruviga kelishi 99% aniq bo‘lgan Xabi Alonso klub rahbariyatiga yozgi transferlar oynasida jamoada kimni ko‘rishni istashini ma’lum qilgan.
"Real Madrid Confidential" nashrining ma’lum qilishicha, ispaniyalik mutaxassis bo‘lajak jamoasiga "Bayer"ning bir yo‘la ikki himoyachisini olib kelmoqchi. Manbaning yozishicha, ushbu futbolchilar Aleks Grimaldo hamda Jonatan Ta bo‘lib, ular ushbu yozning o‘zidayoq Madrid klubi safiga borib qo‘shilishi mumkin.
Ushbu futbolchilar shuningdek, "Barselona" ning transfer ro‘yxatida ham mavjud. "Farmasevtlar" Grimaldo uchun 30 million evro atrofida pul mablag‘ini talab qilmoqda. Jonatan Taning shartnomoasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, u klubni erkin agent sifatida tark etadi.
Bundan tashqari, "qirollik klubi" "Arsenal" futbolchilari Uilyam Saliba hamda Lyuis Skellini ham ehtimoliy transfer ro‘yxatiga kirtishgan.
Biroq, Alonso ulardan ko‘ra, o‘z uslubiga o‘ynashga moslashgan Grimaldo hamda Tani o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda.
G‘ofurov Asqar
Fikrlar