
Xabi Alonso “Real” rahbariyatiga qanaqa futbolchilar kerakligini aytdi
“Real” boshqarivuga tayyorgarlik ko‘rayotgan Xabi Alonso Madrid jamoasida o‘zi shakllantiradigan o‘yin uslubi bo‘yicha aniq rejalari borligini ko‘rsatdi.
“Bayer”da muvaffaqiyatli ishlagan ispaniyalik mutaxassis “Real”ni 3-4-3 taktik sxemasida o‘ynatishga harakat qilishini yashirmadi.
Marca nashrining yozishicha, Xabi Alonso klub xo‘jayinlaridan o‘zi qo‘llaydigan o‘yin uslubiga mos o‘yinchilarni olishni so‘radi. Xususan, Alonso uchun qanot himoyachilari muhim ahamiyatga edi. Yozda Madridga “Liverpul”ning o‘ng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnold keladi. Bu himoyasi o‘ng qanotni himoyadan hujumgacha yopa oladi.
Endi “Real” mutasaddilari chap qanotga ham xuddi shunday o‘yinchi topishi talab qilinyapti.
Bundan tashqari, Alonsoga yangi markaziy himoyachi kerak. “Qirollik klubi” bu pozitsiyaga asosiy nomzod sifatida “Bornmut” vakili Din Xyoysenni tanlagan.
Madridliklar maydon markazini kuchaytiradigan mahoratli yarim himoyachi xizmatiga ham ehtiyoj sezayotgani aytilmoqda.
Fikrlar