
Xabi Alonso: "Mbappega dribling emas, ishtiyoqni o‘rgatish mumkin"
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso Kilian Mbappe bilan ishlash jarayoni haqida gapirdi. Xabaringiz bor, 26 yoshli frantsuz hujumchisi kasallik tufayli Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining butun guruh bosqichini o‘tkazib yuborgandi. Ammo u yaqinda safga qaytdi va 1/8 finalda "Yuventus"ga qarshi bahsda ishtirok etishi kutilmoqda.
"Mbappega driblingni o‘rgatish men uchun oson emas. Lekin unga ishtiyoq, harakatchanlikni o‘rgatish — aynan biz, murabbiylar, e’tibor qaratadigan jihat. Biz aynan shu yo‘nalishda ish olib borayapmiz" — dedi Alonso matbuot anjumanida.
Ispaniyalik mutaxassis bu orqali Mbappega to‘psiz holdagi harakat, ya’ni jamoaviy pressing va himoyadagi faollikni nazarda tutganini taxmin qilish mumkin. Alonso avvalroq ham bir necha bor ta’kidlagan ediki, uning jamoasida barcha futbolchilar himoyada harakat qilishi shart.
Fikrlar