Xabi Alonso: "Ha, men "Real"ni boshqarishdan zavq olyapman"
"Real Madrid" UEFA Chempionlar ligasining 5-turida "Olimpiakos" bilan to‘qnash keladi. Ushbu bellashuv oldidan "qirollik klubi"ning bosh murabbiyi Xabi Alonso matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi
— Siz rostdan ham “Real”da ishlashdan zavq olasizmi?
— Bu juda toliqtiradi — bu ochiq-oydin. Lekin bunday vaziyatlarga duch kelayotgan birinchi murabbiy men emasman. Bu erda hech qanday yangilik yo‘q.
Bunday holatlar bilan yashashni bilish kerak. Oxirgi o‘yinlardan mamnun emasmiz, lekin Ligada va Chempionlar Ligasida qanday holatdamiz — buniyam ko‘rib turibmiz. Hammasini hisobga olsak, ha — men bu ishdan zavq olyapman.
— “Real Madrid”ni boshqarish qiyinmi?
— Aynan kutganimdek bo‘ldi — bu juda katta mehnat talab qiladigan ish.
Ba’zi vaziyatlarda to‘liq diqqat kerak bo‘ladi, boshqa paytlarda esa tezkor fikrlash talab etiladi. Lekin men bu jarayonning barcha jihatlaridan zavq olyapman.

— Jamoa ichidagi muhitni boshqarish qay darajada muhim?
— Bu ham taktika, ham jismoniy tayyorgarlik kabi muhim. Bu har bir jamoada zarur — “Real”da ham, boshqa klublarda ham.
— Ertangi uchrashuv haqida?
— Bizga g‘alaba ta’mini qayta his qilish uchun yaxshi o‘yin kerak. Yaxshi o‘ynashimiz va diqqatni yuqori saqlashimiz shart. Bu o‘yin bizning saralashdagi holatimiz uchun muhim.

— “Real Madrid” — bu murabbiylar emas, o‘yinchilar klubi, degan fikrlarga munosabatingiz?
— Har qanday jamoada eng muhim narsa — futbolchilar. Ularining sifati, xulqi va tayyorgarligi. Biz ularni qo‘llab-quvvatlashimiz va yonida bo‘lishimiz kerak.
— O‘yinchilar murabbiy ishiga xalaqit berishi mumkinmi?
— Futbolchilarga har doim hurmat bilan munosabatda bo‘lish kerak. Men bu haqda ochiq gapirmayman. Chunki kiyinish xonalarining tabiati, futbolchilar qanday bosim ostida ekani va tashqi ovozlarga qanday reaktsiya qilishi to‘g‘risida yaxshi bilaman.
Bunday vaziyatlar diqqatni yo‘qotmaslikni o‘rgatadi. Natijalar kutganimizdek emasligini tushunamiz, lekin bu bizni tanlagan yo‘ldan qaytarmasligi kerak.



Fikrlar