Xabi Alonso: "Bu yilgi eng mukammal o‘yinimiz bo‘ldi"

  • 4 dekabr, 02:08
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso La Liganing 19-turidan o‘rin olgan "Atletik"ka qarshi o‘yin (3:0)dan mamnun ekanini bildirdi.

Tecno

O‘yin haqida
"Bu muhim o‘yin edi. Biz (duranglar) seriyasini to‘xtatmoqchi edik. O‘yinga kerakli tayyorgarlik va xotirjamlik bilan etib keldik. Jamoa juda yaxlit o‘yin namoyish qildi. Bu shu mavsumdagi eng mukammal o‘yinimiz bo‘ldi, ayniqsa bunday talabchan stadionda. Endi shu ruhda davom etishimiz kerak".

Mbappe gollari va jamoa kayfiyati haqida
"Kilian a’lo holatda, juda harakatchan va Vinisius bilan o‘zaro tushunish a’lo darajada. Jamoa birinchi daqiqalardanoq g‘alaba uchun maydonga tushdi. Uydan tashqaridagi o‘yinlarda yana g‘alabaga qaytish juda muhim edi. Yakshanba kuni yana o‘z maydonimizda o‘ynaymiz".

Kurtua seyvlari haqida
"Uning hal qiluvchi seyvlar qilishi ajablanarli emas. U bizga ustunlikni saqlab qolish va o‘yinni nazorat qilishda yordam berdi".

Arda Gyuler haqida
"Albatta, u Jud Bellingem bilan birga maydonda bo‘la oladi. U ketma-ket uchta o‘yinda ishtirok etdi, biz esa har uch kunda o‘ynaymiz. Qaror bugungi o‘yin manfaatidan kelib chiqib qabul qilindi".

"Olimpiakos"dan keyingi muloqotlar haqida
"Bugun — eng muhimi. Jamoaning o‘yini, jamoaviy daraja, o‘yinni qanday nazorat qilganimiz — hammasi juda barqaror bo‘ldi. "Jirona" bilan durangdan keyin bu muhim belgi edi. Endi barcha e’tiborimizni "Selta"ga qaratamiz. Jadval shunchalik zichki, boshqa narsani o‘ylashga vaqtimiz ham yo‘q", — dedi Alonso.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!