
WTA reytingi yangilandi. O‘zbekistonlik tennischilarning barchasi yuqoriladi
Ayollar tennis assotsiatsiyasi (WTA) yangilangan reytingni e’lon qildi.
Ro‘yxatda deyarli katta o‘zgarish yo‘q. Faqatgina Garbine Mugurusa AQSh vakilasi Daniel Kollinzni ortda qoldirib, 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Quyida kuchli o‘nlik bilan tanishishingiz mumkin.
O‘zbek tennisi malikalari esa bu safar ancha yaxshi ko‘rsatkichga ega. Gap shundaki, reytingdagi sportchilarimizning barchasi yuqorilashga erishdi. Hattoki, 6 martdan beri kortga chiqmayotgan Sabina Sharipova ham.
Fikrlar