
"WR Chess Masters": Nodirbek Abdusattorov g‘alabali partiyasidan so‘ng jahon reytingida ham yuqoriladi (natijalar, juftliklar, turnir jadvali)
Germaniyaning Dyuseldorf shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli "WR Chess Masters" turniri davom etmoqda.
17 fevral kuni bo‘lib o‘tgan 2-tur bahslarida Nodirbek Abdusattorov rossiyalik Andrey Esipenkoga qarshi oq donalarda harakat qilib g‘alabaga erishdi.

Bugun, 18 fevral kuni 3-turda Nodirbekga AQSh vakili Levon Aronyan raqib bo‘ladi.

2-turdan so‘ng turnir jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi:

Qayd etish lozimki, Esipenko ustidan g‘alaba shaxmatchimizga qo‘shimcha 4 reyting ochkolarini keltirdi va u jahon reytingida 2341 ochko bilan 14-pog‘onaga ko‘tarildi.

Fikrlar