World Boxing kubogi. Sitora Turdibekova o‘z yurishini to‘xtatdi, yana 3 nafar bokschimiz esa yarim finalda!
Hindistonning Nyu-Dehli shahrida World Boxing tashkiloti kubogi bahslarining so‘nggi final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Bugungi chorak finaldan 7 nafar vakilimizning janglari o‘rin olgandi. Biroz oldin kunning 1-dastur bahslari yakunlandi.
-57 kg vaznda bo‘lib o‘tgan chorak finalda, Sitora Turdibekova Xitoy Taypeyi vakilasi Vu Shih Yiga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi;
Samandar Olimov esa yarim finalga yo‘l oldi. -55 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda vakilimiz Janubiy Koreya bokschisi Shin Jaeyongga imkon qoldirmadi - 5:0;
Javohir Abdurahimov -75 kg vaznda qozog‘istonlik Aman Konsbekovni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi;
-90 kg vazndagi chorak finalda, Nusratbek Tohirov ukrainalik Bogdan Tolmachovni 4:1 hisobida mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi.
Ma’lumot uchun, birozdan so‘ng, kunning 2-dastur janglari start oladi. Unda 3 nafar bokschimizning ishtirok etishi rejalashtirilgan.



Fikrlar