World Boxing kubogi. Kunning 2-dastur bahslari ham nihoyasiga etdi

  • 18 noyabr, 23:16
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Hindistonning Nyu-Dehli shahrida World Boxing tashkiloti kubogi bahslarining so‘nggi final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Bugundan yarim finalllar start oldi. Biroz avval kunning 2-dastur janglari ham nihoyasiga etdi. 

Tecno

-65 kg vaznda hamyurtimiz Adhamjon Muhiddinov yaponiyalik Shion Nishiyamaga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqani bronza medali bilan yakunladi.

Yana bir vakilimiz Nusratbek Tohirov -90 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda polshalik Jakub Tutak Adamni 4:1 hisobida mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi.

Bokschimiz Halimjon Mamasoliev ham finalga chiqdi. U +90 kg vaznda Janubiy Koreya vakili Ju Taeungga hech qanday imkon qoldirmadi - 5:0.

Bugungi bahslar yakunlandi, ertaga ham yarim finallar davom ettiriladi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!