WBO yangilangan reytingida o‘zbekistonlik bokschilar egallab turgan o‘rinlari bilan tanishing

  • 24 oktabr, 2019, 17:42
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Unga ko‘ra, reytingda yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Qudratillo Abduqahhorov (17-0, 9 KO) bu oyda o‘tgan oydagi o‘rnini saqlab qolgan holda 11-o‘rinni band etgan. Ayni vaqtda Qudratillo Abduqahhorov IBF reytingida birinchi, WBC reytingida esa oltinchi o‘rinni egallab turibdi.

Tecno
 
Butunjahon boks tashkiloti (WBO) oktyabr oyi uchun bokschilarning yangi reytingini e’lon qildi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri muxbiri xabar bermoqda.

Super engil vazn (-63,5 kg) toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Shohjahon Ergashev (17-0, 15 KO) ham o‘tgan oydagi kabi 11-o‘rinni band etdi. Shohjahon Ergashev ayni vaqtda WBA reytingida to‘rtinchi, IBF reytingida esa oltinchi o‘rinda bormoqda.

O‘ta engil (-50,80 kg, 112 fut) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Olimjon Nazarov (19-5, 11 KO) ham o‘tgan oydagi kabi 14-o‘rinni band etdi. U ilk marta o‘tgan oyda reytingda paydo bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, Olimjon Nazarov avgust oyida filippinlik Ivan Sorianoni (20-3-1, 10 KO) ochkolar hisobida mag‘lubiyatga uchratib, WBO Oriental (mintaqaviy) chempionlik kamari sohibi bo‘lgandi.

Reytingdan o‘zbekistonlik boshqa sportchilar joy olishmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!