WBO Terens Krouford va Sebastyan Fundora o‘rtasidagi jangni e’lon qildi

  • 29 avgust, 2024, 13:20
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Supero‘rta vazn toifasida WBC va WBO chempioni Sebastyan Fundora(21-1-1, 13 KO) ushbu vaznda vaqtinchalik WBO chempioni va WBA kamari sohibi Terens Krouford(41-0, 31 KO)ga qarshi jang qiladi. Bu haqida WBO qaroriga tayanib The Ring xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, jamoalarga kelishuvga erishish uchun 30 kun muhlat berilgan, agar kelishuvga muvaffaqiyatli yakunlanmasa, WBO ushbu jangni tashkil etish huquqi uchun tender o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, Fundora Tim Tszyuni engach, 6 oy ichida  Krouford bilan jang qilish majburiyatini olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!