WBC yangilangan reytingida bokschilarimiz yuqoriladi

  • 13 iyun, 2022, 09:44
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning tayanch tashkilotlaridan biri hisoblangan Butunjahon boks kengashi (WBC) iyun oyi bo‘yicha reytingi yangilandi. Boshqa tashkilotlardan farqli o‘laroq, WBC 40 talik reytingni e’lon qiladi. Unda hamyurtlarimiz o‘rinlari bilan tanishing:

Tecno

Og‘ir vazn: Bahodir Jalolov 32-o‘rin;

Super o‘rta vazn toifasi (76,2 kg): Azizbek Abdug‘ofurov o‘tgan oydagi 15-o‘rindan 14-o‘ringa ko‘tarildi, Bektemir Meliqo‘ziev 39-o‘rin;

Super yarim o‘rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov 9-o‘rin;

Yarim o‘rta vazn (66,6 kg): Qudratillo Abduqahhorov 21-o‘rin, Shahram G‘iyosov 25-o‘rin, Jamshidbek Najmitdinov reytingga kiritilib, 30-o‘ringa joylashdi.

Super engil vazn (63,5 kg): Shohjahon Ergashev 23-o‘rindan 3 pog‘ona ko‘tarilib 20-o‘ringa loyiq topildi;

Yarim engil vazn (57,1 kg): Otabek Holmatov 36-o‘rin;

Birinchi yarim engil vazn (55,3 kg): Islombek Pirmanov 38-o‘rin;

Birinchi o‘ta engil vazn (48,8 kg): Hasanboy Do‘smatov 15-o‘rindan 11-o‘ringa ko‘tarilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!