
WBC Gran-prisi. Suhrob Qayumov turnirni tark etdi
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida WBC tashkilotining Gran-Pri turniri o‘tkazilmoqda.
Hozirgina hamyurtimiz Suhrob Qayumov (4-1, 2 KO) ishtirokidagi jang yakunlandi. Ushbu jangda bokschimizga Eprem Bariko (11-0, 6 KO) raqiblik qildi.
Olti raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi va unda afsuski frantsiyalik bokschi hakamlarning yakdil qarori bilan 59-55, 59-55, 59-55 hisoblarida g‘alabaga erishdi.
Shu tariqa, Suhrob Qayumov professional boksdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Bu haqda O‘zbekiston professional boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar