
WBC chempioni sobiq 3 vazn "qirol"iga qarshi ringga ko‘tariladi
Engil vazn toifasida (61 kg) WBC chempioni amerikalik Devin Xeyni va sobiq 3 vazn chempioni hisoblangan Xorxe Lineres 15 may kuni "Matchroom" kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan boks oqshomida jang olib boradigan bo‘ldilar. Bu haqda "Golden Boy" prezidenti Erik Gomes "BoxingScene" nashriga habar bergan.
22 yoshli Xeyni (25-0, 15 KO) 2019 yil centyabr oyida rossiyalik Zaur Abdulaev ustidan g‘alaba qozonib, jahon chempionlik kamari uchun majburiy da’vogar bo‘lgan edi. Ushbu yo‘nalishda chempion bo‘lgan Vasiliy Lomachenko «Franchise» (dahlsiz) chempion deb e’lon qilingach, kamar Xeyniga o‘tgan edi.
35 yoshli venesuellalik Lineres (47-5, 29 KO) esa faoliyati davomida yarim engil, birinchi engil va engil vaznda chempionlikni qo‘lga kiritgan. O‘z kamarini Vasiliy Lomachenkoga boy bergach, 2020 yilda u birgina Karlos Moralesga qarshi jang o‘tkazib, nokaut evaziga g‘alaba qozongan.
Fikrlar