VXLda debyut qiluvchi o‘zbek klubi "Humo"ning paydo bo‘lishi

  • 23 avgust, 2019, 18:46
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

O‘zbekistonda xokkey qanday qilib feniks qushiga aylandi.

Tecno

O‘rta Osiyoning ushbu mamlakatiga xokkey yangi sport turi hisoblanmaydi. Tajribali ishqibozlar 1973 yildan 1988 yilgacha ittifoq chempionatining birinchi va ikkinchi ligalarida o‘ynagan "Binokor" jamoasini eslashlari mumkin. 1988 yilda jamoa yo‘q bo‘lib ketgan. Shundan beri O‘zbekistonda xokkey o‘ynaydigan hech kim yo‘q edi. 90 yillarda "Binokor"ning "Yubileyni" muz saroyi o‘rnida savdo markazlari paydo bo‘ldi. Keyingi 10 yillikda ushbu hududda "O‘zekspomarkaz" paviloni tashkil etildi.

2013 yilga kelib, "Binokor" faxriylari bilan Madaniyat va sport ishlari vazirligi o‘zaro havaskorona muz saroyida bahs o‘tkazishganidan so‘ng barchasi o‘zgarib ketdi. Besh yildan keyin, O‘zbek xokkey Ligasini yaratish maqsadida O‘zbekiston xokkey federatsiyasi paydo bo‘ldi. Bu erda hikoyamiz qahramoni "Humo" sahnada paydo bo‘ldi. Klub 2018 yilning oxirida barpo etildi va bir necha oydan keyin "Binokor", "Semurg‘" va "XK Toshkent" bilan birgalikda O‘zbekiston chempionatida ishtirok etishdi. O‘shanda "Humo qushlari"(Klubni O‘zbekistonda shunday atashadi) muntazam mavsumda g‘alaba qozonishgan, ammo pley-offda bo‘lajak chempion "Semurg‘"ga yutqazgan.

Shu bilan bir qatorda, mahalliy xokkey iqtisodiyotida ikkita ijobiy jarayon sodir bo‘ldi. Birinchisi, fevral oyida tarqalgan xabarlarga ko‘ra, O‘zbekiston klublari 2019/20 yilgi mavsumda VXLga qo‘shilishlari kerak edi. Bu borada "Humo" klubi tanlab olindi. Ikkinchisi, Toshkentda 12,5 ming muxlisni sig‘diradigan yangi "Humo Arena" nomli muz saroyi barpo etildi.

Seyeys va Popixin jamoa boshqaruviga keldi.

VXLga qo‘shilish haqidagi tarixiy qaror 31 may kuni Liga klublari rahbarlarining yig‘ilishida qabul qilindi. Keyin "Humo" bilan bir qatorda. Tverskiyning "Dinamo", Nur-Sultonning "Nomad" va "Torpedo-Gorkiy" klublari xokkeyning asosiy Ligasiga qo‘shilishdi. Shubhasiz, o‘zbek klubiga nafaqat xokkeychilar bilan, balki rahbarlik lavozimlarida ham tajribaliy shaxslar kerak edi. Jamoani "Nefteximik", "Avtomobolist", "Amur", Nijniy-gorodning "Torpedo" va yana bir qator klublarda ishlagan taniqli mutahassis Evgeniy Popixin boshqaruvga oldi. Katta yoshdagi muxlislar uni 1984 yildan 1991 yilgacha o‘ynagan Moskvaning "Dinamo" ximoyachisi sifatida eslashadi. Popixinning so‘nggi ish joyi "SKA-Neva" edi. 2018 yil bu klub bilan Petrov kubogi finaliga qadar etib borgan.

Popixin09082019tekst

"Spartak"ning sobiq sportchilari.

Riganing "Dinamo"sida ishlagan Normund Seyeys "Humo"ning bosh menejeriga aylandi.

Bundan tashqari, klub rahbarlari VXLda raqobat qila oladigan tarkib tuzishlari kerak edi.

Allaqachon ular buni uddasidan chiqishdi, deb ayta olamiz. Jamoa etakchilari KXLda o‘ynagan tajribali futbolchilar bo‘lishi kerak. Masalan, sobiq "Spartak"chilar Artyom Voronin va Aleksey Pepelyaev. Bulardan tashqari jamoaga Roman Tatalin, Semyon Valuyskiy va Ivan Yatsenko kabi xokkeychilar kelishdi. "Ilk mavsum bizda, xilma-xil xokkeychilar bor. KXLda o‘ynaganlar bor, faqatgina MXLda o‘ynaganlar ham bor. Qo‘shimchasiga u qadar taniqlilar emas. Ularga o‘rgatish kerak," - dedi Popixin yangi tuzilgan jamoasi haqida.

G‘alaba bilan boshlagan jamoaning mavsumga tayyorgarligi qanday kechmoqda?

"Humo" ilk o‘rtoqlik o‘yinin iyulning o‘rtalarida "Ximik" klubiga qarshi o‘tkazdi. Debyut g‘alaba bilan yakunlandi. Toshkentliklar 3:1 hisobida zafar quchishdi. Keyin jamoa Nijniy-Novgorod viloyatida bo‘lib o‘tgan Gubernator Kubogida qatnashdi. Turnirda Minskning "Dinamo", Moskvaning "Dinamo" va mahalliy "Torpedo" klublari ishtirok etdi. Yakunda "Humo" uchinchi o‘rinni egalladi. Keyin Sankt-Peteburgda bo‘lib o‘tgan Nikolay Drozdetsko turnirida qatnashdi. Ushbu musobaqada, piterning "Dinamo" va "SKA-Neva", "Sariarka", "Neftyanik" va "Ximik" jamoalari raqiblik qilishdi. Boshlanishida ketma-ket 3 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lgan o‘zbek jamoasining ilk g‘alabasi "Neftyanik" jamoasi bilan bo‘lib o‘tdi.

Popixin shogirdlari 5:2 hisobida zafar quchishdi. Ammo turnir mezbonlari bilan bo‘lgan so‘nggi uchrashuvda 0:4 hisobida yutqazib qo‘yishdi.

Xumo 09082019tekst

"Humo" bu O‘zbekistondagi baxt, tinchlik va yaxshilik qushining nomidur. VXLdagi debyut mavsumida bu Toshkent jamoasiga omad keltiradimi? Ko‘ramiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!