
VXL. "Humo"ning g‘alabali seriyasi "Nomad" tomonidan to‘xtatildi
Toshkentning "Humo" jamoasi o‘z maydonida Nur-Sultonning "Nomad" klubini qabul qildi. O‘yinning asosiy vaqti va overtaymida g‘olib nomi aniqlanmadi - 3:3. Bullitlar seriyasida esa "Nomad" g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, Evgeniy Popixin shogirdlari birinchi konferentsiyada 48 ochko jamg‘argan holda jadvalda 6-o‘rinni egallab turibdi. Qo‘shnilarimiz hisobida 36 ochko mavjud va ular ikkinchi konferentsiyada 14-pog‘onadan joy olishgan.
Toshkent. "Humo Arena". 3646 tomoshabin
0:1 — Daniyar Sayan (Daniyar Samat, Talg‘at Jaylauov), 26.56 - son jihatdan ustunlik
1:1 — Mixail Anisin (Pavel Sinyavskiy, Igor Merejko), 33.13
2:1 — Pavel Zdunov (Evgeniy Grigorenko), 38:10
3:1 — Artyom Voronin (Semyon Valuyskiy, Vladislav Naumov), 54:04 - son jihatdan kamchilikda
3:2 — Kirill Poloxov (Artur Gatiyatov, Aleksey Skabelka), 54:30 - son jixatdan ustunlikda
3:3 — Valeriy Gurin (Yaroslav Evdokimov, Stepan Aleksandrov), 59:59 - son jihatdan ustunlik.
Fikrlar