
VXL. "Humo" "SKA-Neva"dan ustun keldi
Toshkentning "Humo" jamoasi o‘z maydonida Sankt-Peterburgning "SKA-Neva" klubini qabul qildi va 4:2 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, "qanotlilar" hisobidagi ochkolar soni 57 taga etdi va birinchi konferentsiyadagi 7-o‘rnini mustahkamlab oldi. Piterliklar hisobida esa 81 ochko mavjud va ular 2-pog‘onada borishmoqda.
1:0 — Artyom Voronin (Vladislav Naumov), 6.4
2:0 — Pavel Zdunov (Vsevolod Sorokin, Artyom Voronin), 11.09 son jihatdan ustunlikda
3:0 — Evgeniy Grigorenko (Arseniy Eroxin), 33.57 son jihatdan kamchilikda
4:0 — Maksim Kazakov (Mixail Anisin, Artyom Voroshilo), 34.06
4:1 — Vladislav Valentsov (Danil Savunov), 38.32
4:2 — Albert Konozov (Danil Savunov, Daniil Miromanov), 45.24 son jihatdan ustunlikda
Darvozabonlar: Dmitriy Lozebnikov - Aleksey Melnichuk.
Fikrlar