VXL. "Humo" bugun qozoq klubiga qarshi bahs olib boradi

  • 7 yanvar, 2020, 01:08
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

Toshkentning "Humo" jamoasi o‘z maydonida Ust-Kamenogorskning "Torpedo" jamoasini qabul qiladi. Mazkur bellashuv soat 19:30 da "Humo Arena" muz saroyida start oladi.

Tecno

Qayd etish joiz, har ikkala jamoa ham g‘alabali seriya qayd etib kelmoqda. Mehmonlarda bu ko‘rsatkich 5 ta o‘yinga teng bo‘lsa, "qanotlilar"da 4 taga tengdir.

Ma’lumot uchun, Evgeniy Popixin shogirdlari birinchi konferentsiyada 46 ochko jamg‘argan holda jadvalda 7-o‘rinni egallab turibdi. Qo‘shnilarimiz hisobida ham xuddi shuncha ochko mavjud va ular ikkinfi konferentsiyada 9-pog‘onadan joy olishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!