
VXL. "Humo" bugun amaldagi chempionga qarshi o‘ynaydi
Toshkentning "Humo" jamoasi o‘z maydonida Qarag‘andaning "Sariarka" klubii qabul qiladi. Mazkur bellashuv soat 17:00 da "Humo Arena" muz saroyida start oladi.
Ma’lumot uchun, bugungi mehmonlar musobaqaning amaldagi g‘olibi sanaladi va joriy mavsum 2-Konferentsiyada 51 ochko to‘plagan holda jadvalning 8-o‘rnidan joy olishgan. Evgeniy Popixin shogirdlari hisobida esa 49 ochko mavjud. "Qanotlilar" 1-konferentsiyaning 6-pog‘onoasida borishmoqda.
Fikrlar