
"Vulverxempton" "Real" yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
"Real" yarim himoyachisi Dani Sebalosni "Vulverxempton" o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda "90 MIN" nashri xabar berdi. Futbolchining madridliklar bilan amaldagi shartnomasi mavsum so‘nggida o‘z nihoyasiga etadi. Agarda u klub bilan bitimni uzaytira olmasa, erkin agent sifatida boshqa jamoaga o‘tishi mumkin.
Ispnaniyaning bir qator manbalari ma’lum qilishicha, Sebalos Anchelotti ishonchiga kirgan va yangi shartnomaga qo‘l qo‘yadi.
Daniga Premer-ligadan "Bo‘rilardan" tashqari "Arsenal" va "Tottenxem" klublari ham qiziqish bildirmoqda. Avvalroq, 26 ispan "Atletiko" taklifini rad qilgandi.
Fikrlar