Voytsex Shensniy: "Uyga qaytib, yig‘laganimni eslayman"
"Barselona" darvozaboni Voytsex Shensniy faoliyatidagi eng qiyin lahzani esladi.
"Arsenal" menga endi ularning rejalarida yo‘qligimni aytganda juda qiyin bo‘ldi. Bu mening butun faoliyatimdagi eng qiyin lahza. Yuragim ezilgan vaqtlar. Uyga qaytib, yig‘laganimni eslayman. Keyinchalik, Venger bu qarorni asosan 2015 yildagi sigaret bilan bog‘liq voqea tufayli qabul qilganini angladim", - dedi 35 yoshli darvozabon intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Voytsex Shensniy o‘tgan yilning oktyabr oyidan beri "Barselona" sharafini himoya qilib keladi. Bu yozda posbon Kataloniya klubi bilan shartnomasini 2027 yilning o‘rtasiga qadar uzaytirdi.



Fikrlar